"Real" futbolchisi: "Sovrin yutish yildan-yilga qiyinlashib bormoqda"

Aziz Tukhtamuradov
29 okt 2017, 19:18
Real futbolchisi Toni Kroos mavsum oldidan qo'yilgan maqsadlar haqida gapirib o'tdi.

"Ushbu mavsumda ikkita sovrin yutishga ulgurdik va hali yana to'rttasida g'olib bo'lishimiz mumkin. Sovrin yutish yildan-yilga qiyinlashib ketmoqda. Chunki, raqiblarda ham kuchli futbolchilar bor. Lekin, biz mana shunday ishlashda davom etsak, ularni mag'lub eta olamiz. Bizda ham yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Biz birga o'ynasak, kuchli jamoamiz", - deydi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcreal.com