"Real" futbolchisi "Milan"ga o'tdi

Alisher
6 iyul 2019, 17:45
"Real" himoyachisi Teo Ernandes A Seriyaga yo'l oldi.

Bitimning moliyaviy shartlari oshkor qilingani yo'q. Ammo, "Milan" futbolchini ijaraga olmadi, balki to'liq sotib olgani aniq.

Teo Ernandes va "Milan" o'rtasidagi shartnoma 5 yilga imzolandi.

21 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan edi. 

U "Real" Ferlan Mendini sotib olganidan so'ng "qirollik klubi"ga kerak bo'lmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Info_SerieA