

Biz 3 aprel tunda Aston Villa bilan, keyin 6 aprel shanba kuni soat 16:30da Kristal Pelas maydonida o'ynaymiz! Shundan so'ng seshanba kuni Madridga boramiz. Real esa 9 kun tayyorlanadi, 9 kun!
Men o'z klubimni himoya qilyapman. Har 3 kunda o'ynaymiz. Boshqa bir hech bir jamoa biznikidek vaziyatda emas. Bizda doim tiklanishga kam vaqt bo'ladi. Hech kim bu haqida o'ylamaydi. Fransiyada PSJ YCHLdan oldingi hafta o'rtasida o'ynamaydi, Portugaliya klublari evrokubok oldidan ligadagi o'yinlarini juma kuni o'tkazishadi, - dedi ispaniyalik mutaxassis.



