"Real" ertaga "Santyago Bernabeu"da futbolchini tanishtiradi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2017, 20:14
"Real" himoyachi Xesus Valexo ijaradan qaytarilishi va Madrid klubida o'ynashini e'lon qildi.

7 iyul kuni 19 yoshli futbolchi "Santyago Bernabeu"da muxlislarga tanishtiriladi.

Valexo o'tgan mavsum Bundesliga ishtirokchisi "Ayntraxt" sharafini ijara asosida himoya qilgan. Himoyachi Germaniya chempionatida 25 ta uchrashuv o'tkazdi va bitta gol urishga erishdi.

Oldinroq Valexo "Real"dan "Beshiktosh"ga o'tgan Pepe o'rnini egallashi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com