"Real" Donni van de Bek uchun 55 million evro to'lashga tayyor

Alisher
6 dek 2019, 14:21
Madridning "Real" klubi kelasi yozda Gollandiya terma jamoasi va "Ayaks" futbolchisi Donni van de Bekni xarid qilmoqchi.

Xabarlarga qaraganda, "qirollik klubi" futbolchi uchun amstyerdamliklarga 55 million evro taklif qilishga tayyor.

22 yoshli futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi ham qiziqmoqda, ammo o'yinchining o'zi aynan "Real"ga o'tishni xohlamoqda.

Oldinroq, van de Bek qishda "Ayaks"dan ketmasligi, unga da'vogarlar esa yozgacha kutishlari kerakligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf