
"Qirollik klubi" Chempionlar ligasining yarim finalida ishtirok etish bo'yicha "Barselona" bilan tenglashib oldi. Endi ushbu ikki jamoa 1/2 finalda eng ko'p ishtirok etgan klublarga aylandi. Bu ikki ispan grandi hisobida 11 tadan yarim final bor. Keyingi o'rinlarni "Bavariya" (10), "Chelsi" (7), "Manchester Yunayted" (7), "Milan" (6) va "Yuventus" (6) egallab turibdi.