"Real" bir qancha murabbiylar bilan muzokaralar olib bordi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026, 20:35
"Real" yangi mavsum uchun yangi bosh murabbiy borasida izlanishlar olib bormoqda.

"Cadena SER" ma'lumotiga ko'ra, ushbu haftada "Real" bir qancha nomzodlar bilan muzokaralar olib borgan. Yangi bosh murabbiy yozda jamoani qabul qilib oladi. Ungacha Alvaro Arbeloa murabbiylik ishini davom ettiradi.

Alonso iste'foga chiqarilib, Arbeloa bosh murabbiy bo'lgan ilk o'yinda "Real" Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga mag'lub bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER