“Real” Beylni Angliya klubiga qo'yib yuborishga tayyor

14 may 2019, 09:13
Madridliklar uelslik futbolchini ijaraga berishni o'ylamoqda.

Qayd etilishicha, Beyl yana “Tottenxem” a'zosiga aylanishi mumkin. Futbolchi London klubida ijara asosida to'p tepishi mumkin. “Real” uning bir yillik ijarasi uchun London klubidan 10 mln funt sterling so'ramoqda. Ma'lum bo'lishicha, Garetning “Real”dagi haftalik maoshi 600 ming funtni tashkil qiladi. “Real” esa “shporlar” futbolchini ijaraga olgan taqdirda Beyl maoshining ma'lum bir qismi - 250 ming funtini to'lashini xohlamoqda. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24