"Real" Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 18:14
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Bu ma'lumotni klub prezidenti Florentino Peres tasdiqladi.

Shartnomasi 2019 yilning yozida yakunlanadigan Benzema, kelishuvni 2021 yoki 2022 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda. Bu 29 yoshli forvardning klub bilan ikkinchi shartnoma uzaytirishi bo'ladi. Fransiyalikning maoshi ham oshishi kutilmoqda.

Karim Benzema 2009 yildan beri "Real"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero