Real Barselonaning natijasini takrorladi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2017, 08:29
Ispaniya chempionatining 24-turida Real Vilyarreal ustidan irodali g'alabaga erishdi (3:2).

Shu tariqa, Madrid klubi v ketma-ket 44-o'yinda gol urib Barselonanin 1944 yildagi natijasini takrorladi.

Ispaniya klublari orasida bunday uzun seriya boshqa kuzatilmagan.

So'nggi bor Real 2016 yil YCHL yarim finalida Manchester Sitiga qarshi o'yinda (0:0) gol urmagandi. Shundan buyon Zinedin Zidan shogirdlari 44ta uchrashuvda 117ta to'p kiritishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe