"Real" Azarni jamoadan ketishga majburlamoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
24 apr 2023, 17:31
Eden Azar Madridning "Real" klubidan ketmoqchi emas.

Klub belgiyalikdan nima qilib bo'lsa ham xayrlashishga urinmaydi, sababi yuridik muammolarga duch kelishni istamaydi. "Qaymoqranglilar" maoshlarga sarflanadigan mablag'ni kamaytirish uchun Azarni sotib yuborishni istaydi. Hujumchi hozirda La Liganing eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Eden Azarning "Real" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi.

Avvalroq Azarga Turkiyadan xaridor borligi ma'lum bo'lgandi.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Fotomac