"Real" asosiy futbolchisi faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qolgan

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025, 19:59
"Real" markaziy himoyachisi Eder Militao yaqinda faoliyatini yakunlash haqida o'ylaganini ma'lum qildi.

O'yinchi oldingi xochsimon bog'lamining ikkinchi marta uzilishi tufayli mushkul holatga tushib qolgan.

"Oldingi xochsimon bog'lamim ikkinchi marta uzilganida, ko'p o'ylar xayolimdan o'tgan. Men faoliyatimni tugatish haqida o'yladim, chunki bu oson emasdi, lekin rafiqam, qizim va jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi tufayli men bugun shu yerdaman va yaxshi o'ynay olyapman", – dedi Militao.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS