"Real" APL klubi bosh murabbiyiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2018, 11:03
"Real" rahbariyati so'nggi omadsizliklar tufayli "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi vakillari argentinalik mutaxassis yaqinlari bilan bog'lanishgan, Pochettino ham "Real"da ish boshlashga qiziqmoqda.

Pochettino va "Tottenxem" o'rtasidagi bitim 2021 yilda yakuniga etadi va unda kelishuvni muddatidan avval yakunlash bandi yo'q. Ispan grandi mutaxassisni "Real"ga olib ketish uchun "shporlar" egasi Daniel Levini ko'ndirishi lozim. "Tottenxem"dagilar argentinalik bilan xayrlashishga tayyor emas, chunki London klubi o'z tarkibida Garri Keyn, Dele Alli va Ugo Lorisni saqlab qolmoqchi. Pochettino jamoani tark etsa, futbolchilar ham boshqa klubga o'tishni istab qolishi mumkin.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga bo'lgan bosim ortmoqda va ma'lum bo'lishicha, Pochettino uning o'rniga keladiganlar ro'yxatida birinchi o'rinda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail