

Madridning Real klubi hamon ro'yxatni boshqarib bormoqda. Qirollik klubining narxi – € 3,478 milliardga baholangan. Kuchli uchlikda Manchester Yunayted (€ 3,342 mlrd) va Barselona (€ 3,193 mlrd) joylashishgan.
Uchinchi o'rindagi Bavariya € 2,878 mlrd ko'rsatkich bilan to'rtinchi o'ringa tushdi. Beshinchi o'rinni ikki pog'ona yuqorilagan Liverpul (€ 2,658 mlrd) egallab turibdi. Keyingi o'rinlarda Manchester Siti (€ 2,606 mlrd) va Chelsi (€ 2,218 mlrd) klublari joy olishgan.
Kuchli o'nlikdagi yagona Italiya klubi bo'lgan Yuventus 11-o'ringa tushdi. Byankonerining narxi € 1,735 milliardga teng.
Top-15:
1. Real (Ispaniya) – € 3,478 mlrd
2. Manchester Yunayted (Angliya) – € 3,342 mlrd
3. Barselona (Ispaniya) – € 3,193 mlrd
4. Bavariya (Germaniya) – € 2,878 mlrd
5. Liverpul (Angliya) – € 2,658 mlrd
6. Manchester Siti (Angliya) – € 2,606 mlrd
7. Chelsi (Angliya) – € 2,218 mlrd
8. Tottenxem Xotspur (Angliya) – € 2,067 mlrd
9. Pari Sen-Jermen (Fransiya) – € 1,911 mlrd
10. Arsenal (Angliya) – € 1,852 mlrd
11. Yuventus (Italiya) – € 1,735 mlrd
12. Borussiya (Dortmund, Germaniya) – € 1,281 mlrd
13. Atletiko (Ispaniya) – € 1,197 mlrd
14. Inter (Italiya) – € 983 mln
15. Shalke-04 (Germaniya) – € 814 mln.



