Rays uchun ikki top-klub kurash olib boradi

Mirjalol Normatov
12 sen 2021, 12:12
Yozgi transferlar oynasi vaqtida Deklan Rays "Vest Xem"ni tark etishi kutilgandi.

Ushbu vaqt mobaynida futbolchini "Manchester Yunayted" bilan bog'lashgandi. Ammo "The Sun" nashrining yozishicha, kelasi yozda uni sotib olish uchun "Manchester Siti" ham kurash olib boradi.

"Shaharliklar" rahbariyati uni Fernandinoning o'rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.

"Vest Xem" esa o'z tarbiyalanuvchisini 100 million funt (117 million evro)dan kamiga sotmoqchi emas.

Deklanning klubi bilan kelishuvi 2023/24 yilgi mavsumda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun