“Rayo Valekano” “Real” darvozabonini ijaraga olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
26 avg 2018, 09:51
“Real” klubi ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini Madridning boshqa bir jamoasi - “Rayo Valekano”da davom ettirishi mumkin.

Primera debyutantlari 19 yoshli posbonni ijara asosida o'z saflariga qo'shib olishga urinishyapti. Bu bilan ular jamoaning asosiy darvozaboni Alberto Garsiyaga munosib raqobatni yuzaga keltirishmoqchi. “Rayo” rahbariyati Lunindan tashqari “Espanol” kiperi Roberto Ximenesga ham qiziqish bildirmoqda. 

Eslatib o'tamiz, ukrainalik darvozabon shu yil yozgi transfer bozori chog'ida “Real” safiga kelib qo'shilgandi. Lekin “Qirollik klubi”da raqobat juda ham kuchli. Navas, Kasilya va Kurtuani zaxiraga o'tkazib qo'yish oson ish emas, albatta.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif