“Chelsi” “Rayo Valekano” himoyachisini sotib olganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
13 avg 2026, 13:40
Angliyaning “Chelsi” klubi Ispaniyaning “Rayo Valekano” jamoasi himoyachisi Pep Chavarriyaning transferi haqida xabar berdi.

28 yoshli Chavarriya “Chelsi” bilan 2031 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

2.jpg

Pep Chavarriya o'tgan mavsum “Rayo Valekano” safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif