Ravshan Haydarov bugun Vetnamga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
29 may 2016, 10:42
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi Ravshan Haydarov xizmat safariga uchib ketadi.
31 may kuni Suriya terma jamoasi Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. JCH-2018 saralashidagi raqibimiz hisoblangan Suriyaning o'yinini ko'rish va o'rganish maqsadida Ravshan Haydarov Xanoy shahriga boradi. Bu bahs Xanoydagi "May Din" stadionida bo'lib o'tadi.

 Eslatib o'tamiz, 1 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia