
- Yomg'ir va qor yog'ayotgan bir noqulay ob-havo sharoitida ham jamoamizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislar bilan birga, ular uchun maydonda borini bergan barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikki kundan beri tinmayotgan yomg'irga qaramay maydonni yaxshi holatda tayyorlagan stadion mamuriyatidan ham minnatdorman. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim kerakki, bugun biz o'zimizga ishongan edik. Aynan ishonch bilan o'ynaganligimiz bizga yakunda uch ochkoni keltirdi.