Rasmiy xabar: Venger "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
31 may 2017, 17:41
Londonning "Arsenal" klubi murabbiyi o'z lavozimida qoladigan bo'ldi.

Fransiyalik Arsen Venger "Arsenal" bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishga qaror qildi. Eslatib o'tamiz, Venger 1996 yildan buyon ushbu klubda uzluksiz ravishda bosh murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda.

Yakunlangan mavsumda "Arsenal" bu murabbiy qo'l ostida ilk bor to'rtinchi o'rindan pastda yakunladi. Klub Angliya kubogi finalida "Chelsi"ni mag'lub etishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: arsenal.com