Rasmiy xabar: Luis Enrike mavsum tugagach "Barselona"dan ketadi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017, 02:15
Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona" - "Sporting Xixon" uchrashuvidan (6:1) so'ng mezbonlar bosh murabbiy Luis Enrike rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Bosh murabbiy mavsum tugaganidan so'ng klubdan ketishini va dam olmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, Luis Enrike 2014 yildan buyon "Barselona" bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda. Bugunga qadar u murabbiy sifatida klub bilan birga ikki marta Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta Ispaniya kubogi sohibiga aylandi, Ispaniya va UEFA Superkubogini yutdi, Yevropa Chempionlar ligasi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona