Rasmiy xabar: Igor Golban O'zbekiston terma jamoasi yig'iniga chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2020, 13:28
Vadim Abramov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH - 2022 va OCH – 2023 saralash bosqichi bahslariga tayyorgarlik doirasida 30 iyul – 10 avgust kunlari Toshkentda o'quv - mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.

Mazkur yig'inga “Navbahor”dan uch nafar futbolchi – darvozabon O'tkir Yusupov, himoyachi Igor Golban va yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev chaqirilishdi.

Terma jamoa yig'inida qatnashadigan barcha futbolchilarga mashg'ulotlarda kuch-quvvat tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz