Rasmiy xabar: Dostonbek Tursunov Rimdagi “Villa Styuart" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2021, 19:54
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida markaziy himoyachi Dostonbek Tursunov jarohatini qaytalab olgan edi.

"Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi ma'lum bo'ldi.

O'FA tomonidan futbolchimizning tezroq sog'ayib, safga qo'shilishi uchun barcha say-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dostonbek Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Mariani jalb etildi.

Futbolchimiz 22 noyabr kuni Italiya poytaxti Rimga, “Villa Styuart” klinikasiga yo'l oladi va u yerda professor Mariani tomonidan operaciya qilinadi", – deyiladi O'FA matbuot xizmati bergan rasmiy xabarda.

Oldinroq himoyachi 18 noyabr kuni Italiyaga uchib ketishi va Italiya poytaxtidagi "Villa Styuart" klinikasida operaciya qilinishi haqida saytimizda xabar berilgan edi.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida aynan shu shifoxonada terma jamoamizning boshqa bir vakili Farruh Ikromov ham operaciyani boshdan o'tkazgan bo'lsa, Eldor Shomurodov "Jenoa"dan "Roma"ga o'tganida aynan "Villa Styuart"da tibbiy ko'rikdan o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати