Rasmiy xabar: Chelsi to'purar himoyachisi 2023 yilgacha klubda qoladi

Narzulla Saydullayev
24 okt 2018, 14:22
Chelsi ispaniyalik himoyachi Markos Alonso bilan shartnomani uzaytirdi.

27 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2023 yilga qadar amal qiladi.

Shu yerda qolishimdan va dunyoning eng yaxshi klubida faoliyatimda davom ettirishdan baxtliman. O'tgan ikki mavsum ajoyib o'tdi, – deydi Alonso.

Alonso Chelsi safida 2016 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Avvalgi shartnomasi 2021 yilda tugar edi.

Bu mavsumda himoyachi 9ta o'yinda bitta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com