Rasman: Luka Yovich - "Real" futbolchisi

Alisher
4 iyun 2019, 16:49
Madridning "Real" jamoasi yangi futbolchi xarid qildi.

Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi hujumchisi Luka Yovich "Real" futbolchisiga aylandi. 21 yoshli serb jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Yovich 2018/19 yilgi mavsum "Ayntraxt" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 7ta assistga erishdi.

Oldinroq, Yovichning transfer narxi 52,4 million evroni tashkil etishi va yiliga 8,7 million evro maosh olishi haqidagi xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com