Rasman: "Xorazm" 2 nafar futbolchi transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 13:47
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan "Xorazm" jamoasi 2 nafar o'yinchi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

O'tgan mavsumni Muborakning "Mashal" jamoasida o'tkazgan darvozabon Mashhurjon Muhammadjonov hamda "Qo'qon-1912"dan himoyachi Avazxon Mamatxo'jaevlar xorazmliklar bilan shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, "Xorazm" jamoasi Pro liga yangi mavsumi 1-turida "Olimpik Mobiuz" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/Xorazm_PFC