Rasman: Xazenxyuttl "Sautgempton" bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
2 iyun 2020, 14:50
Klub rahbariyati mutaxassisga ishonmoqda.

"Sautgempton" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avstriyalik mutaxassis 2024 yilga qadar "Sautgempton"ni boshqaradi. Hozirda uning jamoasi APLda 14-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Xazenxyuttl bungacha "Leyptsig"da ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SouthamptonFC