Rasman: Van Marveyk O'zbekistonga kelmaydi, u Avstraliya bosh murabbiyi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 07:25
Gollandiyalik Bert van Marveyk Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

65 yoshli murabbiy terma jamoani JCH-2018ga tayyorlaydi va mundialda ishlaydi

Avstraliya futbol Federatsiyasi rahbari Stiven Loui van Marveyk bosh murabbiy bo'lganiga izoh berdi: Bu Avstraliya futboli uchun ajoyib yangilik. Van Marveyk - jahon darajasidagi murabbiy. U Gollandiyani JCH-2010 finaliga, Saudiya Arabistonini JCH-2018ga olib chiqqan.

U bizning terma jamoani juda yaxshi biladi. Sababi saralashda bitta guruhda bo'lgandik va u bizni yaxshilab o'rgangani aniq.

Avstraliya JCH-2018da Fransiya, Daniya va Peru bilan bir guruhdan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, O'FF O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar orasiga Bert Van Marveykni ham qo'shgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: socceroos.com.au