Rasman: UEFA Superkubogi-2020'ga muxlislar kiritiladi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2020
Ammo Budapeshtdagi stadion cheklangan miqdorda to'ladi.

UEFA joriy yilgi Superkubok uchun bahsni belgilangan miqdordagi tomoshabinlar bilan o'tkazishga qaror qildi. "Ferenc Pushkash" o'yingohi 100 emas, 30 foizga to'ldiriladi. Stadion sig'imi 39.111 tomoshabinga mo'ljallangan.

Titul uchun Yevropa Ligasi g'olibi – "Sevilya” va YCHL g'olibi – “Bavariya” kurashadi. Uchrashuv 24 sentyabrga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA