Rasman: UEFA evrokuboklarda qo'l berib ko'rishishni bekor qildi

Alisher
9 mar 2020, 12:01
Yevropaliklar ham APL yo'lidan borishdi.

UEFA rasmiy sayti xabar berishicha, endilikda futbolchilar o'yin oldidan qo'l berib qo'rishishlari taqiqlandi. Koronavirus epidemiyasi munosabati bilan ushbu qoidalar joriy etilmoqda.

Ushbu hafta Chempionlar ligasi doirasidagi "Valensiya" - "Atalanta" o'yini bo'sh tribunalar ostida o'tadi. Katta ehtimol bilan PSJ - "Borussiya" (Dortmund) o'yinida ham shunday holat kuzatiladi.

Evrokubok o'yinlarining boshqa muddatga ko'chirilishi ko'rib chiqilmaydi. Hatto Italiya jamoalari ham o'z o'yinlarini o'tkazishlari kerak, ammo muxlislarsiz.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com