Rasman: Superligada iste'fo

15 may 2019, 15:59
Superliganing 8-turidan keyin chempionatdagi ikkinchi iste'fo ruy berdi.

"Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov saytimizga iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi.

Joriy mavsumdan e'tiboran "Buxoro" bosh murabbiyiga aylangan Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga binoan iste'fo chiqarildi.

Termizdagi "Surxon"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin mutaxassis "Buxoro"ga o'zgarish foyda keltirishini rahbariyatga ma'lum qilib, iste'fo chiqishi haqida bildirgan. Ammo klub rahbariyati Ashurmatovni jamoada olib qolishni istagan. Biroq bugun Ashurmatov rahbariyat bilan bo'lgan navbatdagi suhbatdan keyin ketishga qaror qilganini tushuntirgan va bu o'zgarish jamoa foydasiga xizmat qilishini takidlagan.

Shu tariqa mazkur iste'fo Superligada joriy mavsumdagi ikkinchi murabbiy o'zgarishi bo'ldi. Bunga qadar "So'g'diyona"da murabbiy o'zgargan va Lushan o'rniga Ulug'bek Baqoev tayinlangandi.

Qayd etish kerakki, o'tgan mavsum avvalida mazkur ikkala mutaxassis "Buxoro"da birga faoliyat ko'rsatishgandi. Keyinroq Ashurmatov AGMK ruliga o'tib kyetib, olmaliqliklar bilan O'zbekiston Kubogida g'olib chiqishni uddalagandi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Buxoro" chempionatda 8-turdan keyin 6 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Ashurmatov qo'l ostida "Buxoro" o'tkazilgan 8 uchrashuvda 1 g'alaba, 3 durang va 4 mag'lubiyat qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia