Rasman: Ronaldu Turinga uchib keldi

Eldor Akmurzayev
14 okt 2020, 21:35
Bu haqda “Yuventus” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bir kun avval Portugaliya TJ ixtiyorida bo'lgan Ronalduda koronavirus aniqlangandi.

Bugun esa mahalliy Sog'liqni Saqlash idoralaridan ruxsat olganidan so'ng, u Turinga qaytib keldi. Endi u izolyaciya muddatini o'z uyida davom ettiradi. Kasallik alomatlarsiz kechmoqda.

Avvalroq, 35 yoshli forvard YCHL 2-turi doirasida “Barselona”ga qarshi (28 oktyabr) o'yinda qatnashishi uchun UEFA talabiga ko'ra, 21 oktyabrgacha sog'ayishi lozimligi to'g'risida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com