⚡️ Rasman: Robert Sanches – "Chelsi" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
5 avg 2023, 13:43
"Brayton" darvozaboni Robert Sanches "Chelsi" a'zosi sifatida tanishtirildi.

Posbon bilan kelishuv 7 yilga tuzildi. Transfer summasi 20 million funt va 5 million funt miqdoridagi bonuslarni tashkil etdi.

Ispaniyalik darvozabon "Brayton" asosiy posboni edi, u bu jamoa safida 90 ta o'yinda qatnashgan. U Ispaniya terma jamoasi libosida 1 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com