Rasman: Riberi diskvalifikaciya qilindi

Eldor Akmurzayev
28 okt 2019, 22:35
"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi A Seriya 9-tur doirasidagi "Lacio" (1:2)ga qarshi o'yinda yon hakam Matteo Passerini ikki bor turtib yuborgani uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Shu tariqa, 36 yoshli xavbek jazo sifatida Sassuolo, Parma va Kalyariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. 

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum chempionatda 9 o'yin o'tkazib, 2+2 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia