Rasman: "Real" va Vinisius shartnomani uzaytirdi!

Mirjalol Normatov
31 okt 2023
"Real" matbuot xizmati futbolchi Vinisius Junior bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

23 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2027 yil yoziga qadar davom etadi.

Vini 2018 yilda, yani, 18 yoshligida "Real" tarkibida debyut qilgandi. 6 mavsum mobaynida futbolchi "qirollik klubi" tarkibida 235 o'yinda qatnashib, 63 gol urdi. Jamoa bilan u 9 sovringa ega chiqdi: YCHL, klublar o'rtasidagi mundialning ikkita sovrini, Yevropa Superkubogi, LaLiga va Ispaniya Superkubogidan ikkitadan sovrin va Ispaniya Kubogi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com