Rasman: Raul Albiol boshqa klubga o'tdi

Alisher
4 iyul 2019, 18:13
"Napoli" himoyachisi Raul Albiol faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi.

Bu haqda neapolliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. Transfer 3,6 million funtga baholanmoqda.

Futbolchi Ispan klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Albiol "Napoli"dan tashqari "Valensiya", "Xetafe" va "Real" klublarida o'ynagan.

Himoyachi yakunlangan mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/VillarrealCF