Rasman: "Qizilqum" kubok guruh bosqichining barcha o'yinlarini safarda o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2024, 12:46
Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur taklif klub tomonidan kiritildi. "Qizilqum" Navoiyda uy uchrashuvlarini o'tkaza olmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi.

Shu tariqa, "D" guruhi doirasida "Qizilqum" 12 aprel kuni "Olimpik Mobiuz", 20 aprel kuni "Zomin" va 27 aprel kuni "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz