Rasman: Qishning ilk "qaynoq" transferi e'lon qilindi! (FOTO)

21 dek 2017, 14:15
Myunxenning "Bavariya" klubi tanaffusga yo'l olishi bilanoq dastlabki transferga qo'l urdi.

Kecha Germaniya kubogida "Borussiya" Dortmund bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g'alaba qozongan va chorak finalga yo'l olgan "Bavariya" bugun yangi hujumchi sotib olganini e'lon qildi.

"Xoffenxaym" hujumchisi Sandro Vagner endilikda faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.

Myunxen klubi hujumchi bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzoladi.


Sandro Vagner "Bavariya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Vagner "Bavariya"da 2-raqam ostida harakat qiladigan bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.de