Rasman: "Olimpik" Farg'onaga borolmaydi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025, 14:00
Bunga moliyaviy qiyinchiliklar sabab qilib ko'rsatildi.

"Olimpik" klubi Ligaga rasmiy xat yo'llab, moliyaviy qiyinchilik sababli Pro liga 20-turidan o'rin olgan "FarDU" jamoasiga qarshi bahs uchun Farg'ona shahriga bora olmasligini ma'lum qildi.

Shundan kelib chiqib, Superliga va Proliga reglamentining 9.11 bandiga asosan, "Olimpik" jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat, "FarDU" jamoasiga esa 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yoziladi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Olimpik" Pro liga so'nggi tur o'yiniga bormasligi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz