Rasman: OFK "Nasaf"ni jazoladi

Championat.asia'ning "Eshitdik-da!" rukni 18 yanvar kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi Qarshining "Nasaf" klubini jarimaga tortishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot bergan edi.

Bunga jamoaning OFK kubogi 2021 yilgi mavsumi doirasidagi Gonkongninng "Li Man" klubi bilan uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etmagani asos bo'lgan. 

Nihoyat, bu masala bo'yicha tashkilot Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari e'lon qilindi. Unda takidlanishicha, "Nasaf" va "Li Man" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda quyidagi qoidabuzarliklar qayd etilgan:

1) 320 nafar muxlis futbolchilar zaxirasi uchun mo'ljallangan joyga o'tirgan;

2) 2 nafar muxlis hakamning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin maydonga tushib ketgan;

3) klub xavfsizlik bo'yicha o'z zimmasidagi vazifalarni taminlay olmagan;

4) maydon atrofida akkreditatsiyasi yo'q shaxslar yurgan;

5) tomoshabinlar stadionda tamaki chekkan. 

OFKning Tartib-intizom qo'mitasi yuqoridagi holatlarni o'rganib chiqib, qaror chiqardi:

1) "Nasaf" tartib-intizom kodeksining 22.2 bandini buzgani uchun 28 ming AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi;

2) Tartib-intizom kodeksining 34.1 va 34.3 bandlarini buzgani uchun shartli ravishda (!) 21 ming AQSH dollari miqdorida jarima. Bu band agar yaqin 2 yil ichida shu holat yana takrorlansagina faollashadi;

3) Tartib-intizom kodeksining 1-paragrafi bo'yicha 90 kun ichida 7 ming AQSH dollari to'lash majburiyati.

Shuningdek, shunday holat yana qaytarilsa, bundan ham qattiqroq chora ko'rilishi takidlangan. 

Eshitdik-da! “Nasaf” yana jarimaga tortildi


Manba: championat.asia