Rasman: OCHL-2022. G'arb mintaqasidagi barcha guruh o'yinlari Saudiya Arabistonida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2022, 12:12
OFK rasmiy sayti bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasidagi guruh o'yinlari qaysi davlatda o'tishini e'lon qildi.

Unga ko'ra 5ta guruhning barchasi Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

"A" guruhi: Ar Riyod
"B" guruhi: Ar Riyod
"C" guruhi: Jidda
"D" guruhi: Burayda
"E" guruhi: Dammam

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" klubi "D" guruhida ishtirok etadi. "Nasaf" pley-offdan chiqa olsa "E" guruhida o'ynaydi.

G'arb mintaqasida guruh o'yinlari 7-27 aprel kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia