Rasman: Norvegiya TJ a'zosi “Napoli”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2022, 08:25
“Brayton” himoyachisi Leo Estigor faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.

22 yoshli norvegiyalik “Napoli” a'zosiga aylandi. Shartnoma necha yilga mo'ljallangani esa ochiqlanmagan.

Estigor 2018 yildan beri “Brayton” sharafini himoya qilib kelayotgandi. O'tgan mavsumning yarmini esa “Jenoa”da o'tkazib, Italiya chempionatida 15 ta bahsda qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2022 yil martida Norvegiya TJda debyut qildi. “Napoli” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, A Seriyada 3-o'rinni band etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sscnapoli.it