Rasman: "Navbahor" "Andijon" a'zosini transfer qildi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025, 17:18
Himoyachi Islom Mamatkazin namanganliklar bilan shartnoma imzoladi.

Islombek Mamatkazin 2002 yil 22 dekabrda Andijon shahrida tug'ilgan. 2022 yildan boshlab, hozirgacha "Andijon" jamoasida o'ynagan.

Mamatkazin andijonliklar tarkibida 2024 yili O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa "Andijon" safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1450 daqiqa harakat qilgan va 2 ta gol urgan. 

Avvalroq Kubok finalida "Navbahor" darvozasini ishg'ol etgan futbolchi endi "lochin"ga aylanishini ma'lum qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати