Rasman: "Nasaf" legioner bilan shartnoma imzoladi

15 yanv 2018, 12:39
Qarshining "Nasaf" klubi Tojikiston terma jamoasi a'zosi Jahongir Alievni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu haqda Tojikiston Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Nasaf" klubi rasmiy sayti esa hozircha Jahongir Aliev bilan shartnoma imzolangani haqida yozmagan.

Tojikistonlik 21 yoshli futbolchi bunga qadar "Parvoz", "Xo'jand" va "Istiqlol" jamoalari safida o'ynagan.

TFF xabarida "Nasaf" klubi bugun futbolchining xalqaro transfer sertifikatini qo'lga kiritganini ma'lum qilinmoqda.

Jahongir Aliev "Nasaf"da 21-raqam ostida harakat qilishi e'lon qilingan.


Eslatib o'tamiz, Jahongir Aliev ayni paytda "Nasaf" bilan Turkiyadagi yig'inda ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia