

Yakuniga etgan chempionatdan so'ng “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Mirko Yyelichichni rasman bosh murabbiy etib tayinladi. Avstraliyalik mutaxassis jamoani bo'lajak o'yinlarga tayyorlaydi va klub natijalari natija uchun endilikda u javobgar bo'ladi.
Mirko Yyelichich bungacha asosiy tarkib murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. Endilikda yangi futbolchilar uning qaroriga ko'ra tanlab olinadi. Yyelichichga murabbiylar shtabida Andrey Miklyaev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishlaydi.
Mavsum yakunlangach, ko'pchilik “Lokomotiv”ga endi kim bosh murabbiy bo'larkin deya qiziqib ko'rgan, hatto bu borada bazi nomzodlar nomi ham ilgari surilgandi. Biroq klubimiz rahbariyati Mirko Yelichiga ishonch bildirishini ta'kidladi.
Serb millatiga mansub mutaxassis ayni paytda uyida dam olmoqda. Uning 9 dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda.



