Rasman: "Metallurg"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Administrator
12 iyul 2024, 22:56
Bekobod klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini rasman e'lon qildi.

“Metallurg” PFK bugun taniqli futbol murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy bilan rasman shartnoma imzoladi. Mamlakatimizning yetakchi futbol klublari – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Navbahor”  hamda O'zbekiston terma jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis endi “Metallurg”ni mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorlaydi.

Grigoriy Anatolevich 1971 yilning 28 iyunida Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyatining “Chirchiq”, “Sverdlovchi” jamoalarida boshlagan. Keyinchalik “Yangier”, “Traktor” futbol klublarida o'ynagan. 

2012 yildan buyon murabbiylik sohasida faoliyat yuritib kelayapti. O'zbekistondan tashqari Latviya, Xitoy Xalq Respublikasi jamoalarida ishlagan va aynan shu mamlakatlar milliy chempionatlarining sovrindori bo'lgan", -deyiladi Bekobod klubi bergan rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, Championat.asia saytining Eshitdik-da! rukni orqali Grigoriy Kolosovskiyning "Metallurg" murabbiyiga aylangani xabar qilingandi.

 Eshitdik-da. Metallurgning murabbiylar shtabi ma'lum

Rasman: Samvel Babayanning ikki yordamchisi ham "Navbahor"ni tark etdi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати