Rasman: "Liverpul" kelasi mavsum YCHLda o'ynaydi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2024, 11:29
"Liverpul" Chempionlar Ligasi yangi mavsumida ishtirok etadigan bo'ldi.

Bu tunda "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lubiyatga (2:0) uchratgandan keyin rasman ma'lum bo'ldi. Son Xyon Min va jamoadoshlari 34 o'yinda 60 ochko to'plab, 5-pog'onani band etib turishibdi, endi matematik jihatdan ham ular mersisaydliklarni quvib o'ta olishmaydi.

35-turdan keyin "qizillar" 75 ochko bilan APL 3-pog'onasini egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia