Rasman: "Leyptsig" "Zalcburg" forvardi Xvan Xi Chxan bilan shartnoma imzoladi

Alisher
8 iyul 2020, 17:34
"Zalcburg" hujumchisi Xvan Xi Chxan faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi.

24 yoshli forvard "RB Leyptsig" tomonidan sotib olindi va tomonlar 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Koreyalik futbolchi "Chelsi"ga o'tgan Timo Vernerning 11-raqamida harakat qiladigan bo'ldi.

Chxan joriy mavsum Avstriya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 13ta assist qayd etdi. CHLdagi 6ta o'yinda esa 8 ochko (3+5) jamg'argan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dierotenbullen.com