Rasman: LaLigada iste'fo

Mirjalol Normatov
19 mar 2019
"Rayo Valekano" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Michelni iste'foga chiqardi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Iste'foga jamoaning yoqimsiz natijalari sabab bo'ldi. Madridliklar so'nggi 7 o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi.

Michel 2017 yilda "Rayo" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Jamoa 28 turdan keyin 23 ochko to'plagan holda LaLiga turnir jadvalining 19-pog'onasida ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal