Fransiya - Angliya uchrashuvi 44 yillik rekordni yangiladi

19 iyul 2026, 08:30
Tunda JCH-2026ning 3-o'rini uchun Fransiya va Angliya terma jamoalari o'rtasida bahs bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Tomas Tuxel shogirdlarining 6:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu uchrashuv 1982 yildan buyon jahon chempionatlaridagi eng ko'p gol urilgan bahs sifatida tarixga kirdi. O'shanda Vengriya terma jamoasi Salvadorni 10:1 hisobida tor-mor etgan edi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul o'yin esa JCH-1954da qayd etilgan bo'lib, unda Avstriya va Shveytsariya terma jamoalari bahs olib borishgan (7:5).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia